Dortmundning «Borussiya» jamoasi bosh murabbiyi Niko Kovacning ishidan mamnun. Tomonlar muzokaralar olib borishdi va yangi mehnat shartnomasini imzolashga kelishib oldilar, deb xabar bermoqda BILD.
54 yoshli murabbiy nemis top-klubi bilan hamkorligini 2029 yilning o'rtalarigacha uzaytiradi. Tomonlar o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2027 yilning iyun oyida tugaydi.
Germaniya chempionatining to'rt turidan so'ng, dortmundliklar 12 ochko to'plab, turnir jadvalida birinchi o'rinda turibdi va Myunxenning «Bavariya» jamoasidan ikki ochkoga oldinda.
Kovacning shogirdlari Bundersligadagi keyingi o'yinlarini uy stadionida Bremenning «Verder» jamoasiga qarshi o'tkazadilar. Uchrashuv 9 oktabrda bo'lib o'tadi.
