30 yoshli ispaniyalik himoyachi «Bayer» Alejandro Grimaldo «Atletiko» Madridga o'tishga yaqin.

MARCA xabariga ko'ra, «Atletiko» Grimaldo bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo'yicha kelishib oldi. Endi «matraschilar» «Bayer» bilan muzokaralar o'tkazishlari kerak. Bu muzokaralar oson o'tishi kutilmoqda. Bitim summasi 12 million evro atrofida bo'lishi mumkin.

O'tgan klub mavsumida Grimaldo barcha musobaqalarda 46 o'yinda qatnashdi, 14 gol urdi va 12 golli uzatma berdi.