«PSJ» hujumchisi Usmon Dembele yangi klubga o'tish imkoniyatiga ega. Jurnalist Sasha Tavolieri ijtimoiy tarmoqlarda xabar berganidek, fransuz qanot o'yinchisini saudiya klubi – «Al-Hilal» sotib olishni xohlaydi.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, «Al-Hilal» allaqachon Dembele vakillari bilan birinchi aloqa o'rnatdi. Agar futbolchi rozilik bersa, saudiya klubi «PSJ» bilan muzokaralarni boshlaydi.

Shu bilan birga, «PSJ» hozirda 29 yoshli Usmon Dembeleni saqlab qolishga intilmoqda va uning bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda. Hozirgi mehnat shartnomasi 2028 yilning o'rtasigacha amal qiladi.

Dembele 2025 yilda «Oltin to'p»ni qo'lga kiritgan. Mashhur Transfermarkt portali o'yinchini 100 million evroga baholamoqda.