Transfermarkt portali Fransiya Ligi 1 o'yinchilarining narxlarini yangiladi.
Yangilanish natijalariga ko'ra, turnirning eng qimmat klubi katta farq bilan «PSJ» bo'lib qolmoqda. Parijlik futbolchilarning umumiy narxi 1,36 milliard evroni tashkil etadi. Bu esa reytingning ikkinchi o'rindagi klub – «Monako» tarkibidan deyarli to'rt barobar qimmatroq. Monakoliklarga tegishli tarkibning bahosi 378 million evro.
Uchinchi o'rinda «Strasburg» (312 million evro), keyin «Lion» (264 million), beshinchi o'rinda esa «Lill» va «Renn» (har bir klubda 253 million) joylashgan.
Ro'yxatni «Gavr» (62 million evro), «Trua» (43 million) va «Le Man» (33,5 million) tugatadi.
Hozirda yangi Ligi 1 mavsumida «Monako» 13 ochko bilan yetakchilik qilmoqda.
