Saudiya Arabistonining «Neom» klubi himoyachisi Malang Sarr Marbellada o‘tkazilgan oldindan tayyorgarlik yig‘inida tahdidga uchradi. Bu haqda L’Equipe xabar bermoqda.

Sarr, ikki jamoa do'sti bilan birga, hashamatli mehmonxonada kechki ovqat yeyayotgan paytda, qora furgon kelib to‘xtagan. Furgondan bir guruh erkaklar tushib, ularning ish beruvchisi olishi kerak bo‘lgan ma'lum bir komissiyani to‘lashni talab qilgan.

Bu mojaro 27 yoshli Sarrning «Lans»dan «Neom»ga o‘tishidan so‘ng tezda sodir bo‘ldi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, bu voqea futbolchining agentini o‘zgartirish yoki ba'zi vositachilardan voz kechish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Sarr hozircha bu voqeani jamoatchilik oldida izohlamagan. 

Fransuz futbolchisi avval «Nitsa», «Chelsi» va «Monako» klublarida ham o‘ynagan.