«PSJ» yarim himoyachisi Fabian Ruiz «Oltin to'p»ni qo'lga kiritish imkoniyatlari haqida fikr bildirdi.

- Klub darajasida men eng ko'p unvonlarga ega bo'lgan futbolchiga aylandim. Nima uchun «Oltin to'p» haqida orzu qilmaslik kerak? Men bu mavsumdan juda mamnunman va erishgan yutuqlarimdan, «PSJ» va terma jamoada muhim futbolchi sifatida o'z o'rnimni his qilganimdan xursandman. Bu futbolchi uchun muhim. Mening ishlarim e'tirof etilayotganidan xursandman. Endi imkon qadar yuqori o'rin egallashni umid qilaman. Va nima uchun «Oltin to'p» haqida orzu qilmaslik kerak? - deydi futbolchi AS.

Oltin to'p taqdirlash marosimi 26-oktabrda Londonda bo'lib o'tadi. «PSJ»dan, Fabian bilan birga, mukofotga da'vogarlik qilayotgan yana to'qqiz nafar futbolchi bor.