«PSJ» va Ispaniya terma jamoasi yarimhimoyachisi Fabian Ruiz 2026 yilgi «Oltin to'p»ni qo'lga kiritish imkoniyatlarini baholadi.
«Haqiqatdan ham, kim «Oltin to'p»ni qo'lga kiritishni xohlamaydi? Men bu yil Chempionlar ligasini va jahon chempionatini yutdim, eng yaxshi mavsumni orzu qila olmayman. Agar men «Oltin to'p» uchun nomzodlar ro'yxatida bo'lsam, bu men uchun sharaf bo'ladi», - dedi Ruiz Cadena SER bilan intervyusida.
2025/26 mavsumida Fabian Ruiz «PSJ»da barcha musobaqalarda 34 o'yin o'tkazdi, unda ikki gol urdi va beshta golli uzatma berdi. Jahon chempionatida yarimhimoyachi Ispaniya terma jamoasi safida sakkiz o'yinda qatnashdi va bitta gol urdi.




