«PSJ» va Gruziya terma jamoasining hujumchi yarim himoyachisi Xvicha Kvaratsxeliya «Oltin to'p» uchun kurashi haqida fikr bildirdi. Gruziya futbolchisi 30 nafar futbolchidan iborat nominatsiyaga kirdi.

«O'ylaymanki, bu menga bog'liq emas, balki qaror qabul qiluvchi odamlarga. Ammo men nomzodlar qatorida bo'lishim, albatta, meni baxtli qiladi. Bu, mening ishlarim meni nomzod sifatida ko'rishga imkon berdi va buyuk futbolchilar bilan birga bo'lishimni anglatadi.

Men bundan juda faxrlanaman. Hayotda va futbolda hamma narsa mumkin deb o'ylayman. Shuning uchun men hozir «PSJ»daman. Hozir va kelajakda imkoniyatlarimni to'liq ishga solishga harakat qilaman», - deya Kvaratsxeliyani The Touchline iqtibos keltirmoqda.

«Oltin to'p» 26-oktabrda Londonda topshiriladi.