Luis Enrike «PSJ»ni yaqin yillarda davom ettiradi.

L’Equipe ma’lumotlariga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassis parij klubiga yangi shartnoma imzolagan. Murabbiy bilan parijliklar o‘rtasidagi yangi kelishuv 2030 yilgacha amal qiladi. Yaqin kunlarda bitimning rasmiy e’lon qilinishi kutilmoqda.

Luis Enrike 2023 yilda «PSJ»ni boshqara boshladi. Uning rahbarligida parijliklar uch marotaba Liga 1 va Frantsiya Superkubogini, ikki marotaba Chempionlar Ligasi va Frantsiya Kubogini, shuningdek, bir marotaba UEFA Superkubogini va Interkontinental kubokni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, Enrike o‘z karerasida «Roma», «Selta», «Barselona» va Ispaniya terma jamoasini boshqargan.