Sobiq «Tottenxem» yarim himoyachisi Iv Bissuma «Chelsi»ga taklif qilingan. Bu haqda The Sun xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, 30 yoshli malili futbolchi Enzo Fernandesning o'rnini egallash uchun taklif etilmoqda, chunki «ko'klar» uning sotilishidan keyin hech kimni imzolay olmadi. Angliyadagi transfer oynasi allaqachon yopilgan, lekin Bissuma yozda «Tottenxem»dan ketgan va erkin agent hisoblanadi. Shuning uchun «ko'klar» yarim himoyachini muammosiz imzolashlari mumkin.

Bissuma uchun «Ayaks» va «Monako»dan qiziqish mavjud, lekin o'z navbatida futbolchi Angliyada qolishni xohlaydi.

Bissuma 2022 yildan beri «shporlar» safida o'ynadi. U vaqt davomida 111 o'yin o'tkazib, ikki gol urdi.