O'zining sobiq jamoasi «Manchester Siti» ning hujumchisi Sergio Aguero Angliya Premyer Ligasi va Chempionlar Ligasi o'rtasidagi farqlarni ta'kidlab o'tdi.

«Premyer Liga juda talabchan. U Chempionlar Ligasi ga nisbatan jismoniy jihatdan ko'proq kuch sarflashni talab qiladi. APL da har bir o'yin jismoniy jihatdan juda qiyin. 

Chempionlar Ligasi da barcha jamoalar yaxshi o'ynaydi, o'yinlarni o'z darvozalaridan boshlashga harakat qiladi va to'pga egalik qilishni maqsad qiladi. Shuning uchun u yerda biroz osonroq. Premyer Liga esa boshqa bir futbol turi. Hatto so'nggi o'rinda turgan jamoa ham seni mag'lub etishi yoki hayotingni juda qiyinlashtirishi mumkin», — dedi Aguero Stake Football bilan bo'lib o'tgan intervyusida.

Yevropada Aguero «Atletiko», «Manchester Siti» va «Barselona» jamoalarida o'ynagan. U APL da jami 275 o'yinda 185 gol urgan va 48 golli pas bergan.

Chempionlar Ligasi da esa argentinalik futbolchi 79 o'yinda 41 marta raqib darvozasini ishg'ol qilgan va sakkiz golli pas bergan.