15 yoshli Manchester Yunayted talanti Djay-Jay Gabriel klubini o'zgartirishi mumkin. Futbolchida Ispaniyaning La Ligasi bo'yicha jozibador variantlar mavjud.
Insayder Ben Jeykobsning ijtimoiy tarmoqlardagi xabariga ko'ra, Gabrielga asosiy da'vogarlar sifatida Kataloniya Barselona va Madridning Real klublari ko'rsatilmoqda. Hozirda Djay-Jay Barselonada bo'lib, «ko'k-qizil» jamoasi bilan dastlabki muzokaralar o'tkazmoqda.
Djay-Jay «Manchester Yunayted»ning yoshlar jamoasida markaziy hujumchi sifatida o'ynaydi.
«Qizil iblislar» APLning to'rt turidan so'ng, turnir jadvalida 13-o'rinni egallamoqda.
