«Manchester Siti»ning sobiq hujumchisi Sergio Aguero «shahar» hujumchisi Erling Holandning ingliz klubidagi gol urish imkoniyatlari haqida fikr bildirdi.

«Menimcha, ha. Agar u shu tempda davom etsa, meni ortda qoldirish imkoniyati yo‘q. U dunyodagi eng yaxshi hujumchilardan biri. Lekin agar u meni o‘tsa, men hamon eng yaxshilardan biri bo‘lib qolaman, shuning uchun bu katta ahamiyatga ega emas. Muhimi, Holand gol urib, «Siti»ga o‘yinlarni va unvonlarni yutishga yordam berishi», — dedi Aguero Stake Footballga.

Aguero «Manchester Siti» tarixidagi eng yaxshi to‘purar. Argentinalik 2011 yildan 2021 yilgacha «shahar» uchun o‘ynagan. Bu davrda u 390 ta o‘yinda 260 ta gol urib, 65 ta assist bergan.

Holand 2022 yildan beri «Manchester Siti»da o‘ynaydi. U 204 ta uchrashuvda 168 gol urgan va 30 ta assist bergan.

«Bu ikki kishi boshqalardan bir bosh bilan kuchliroq»: Aguero — «Manchester Siti» yangi o‘yinchilari haqida