Avvalgi hujumchi «Manchester Siti» Sergio Aguero sobiq «shahar» murabbiyi Xosep Gvardiolaning kelajagi haqida fikr bildirdi.
«Gvardiolni yangi klubda ko‘ramizmi, bilish qiyin. Ehtimol, u yangi narsalarni sinab ko‘rishni xohlaydi va terma jamoaga boshchilik qilishi mumkin. Lekin, qaysi terma jamoa uning uslubiga mos kelishini ko‘rish kerak.
O‘ylaymanki, tanaffus unga foyda keltiradi, yaxshi dam oladi. Lekin, haqiqat shundaki, Pep futbol bilan yashaydi. Hech kim ertaga nima bo‘lishini bilmaydi. U hammani hayratda qoldirishi va biror klubda paydo bo‘lishi mumkin, yoki kelasi ikki-uch yil davomida murabbiylik qilishni xohlamasligi ham mumkin», — deya Aguero so‘zlarini keltiradi Stake Football.
Gvardiola 2016 yildan 2026 yilgacha «Manchester Siti»ni boshqargan. Avvalroq ispan murabbiyi «Bavariya» (2013-2016) va «Barselona» (2008-2012)da ishlagan.
