Bosh murabbiy «Tottenhem» Roberto De Dzherbi braziliyalik hujumchi Risharlisonning jamoa bilan mashg'ulot o'tmayotganini ma'lum qildi.
«Bu uning o'z qarori. Men yoki klub emas. Buni mendan so'ramang, chunki men qaror qabul qilmaganman va bu vaziyat uchun javobgarlikni o'z zimmamga olmayman», — dedi De Dzherbi jurnalistlarga.
Oldinroq Risharlisonning «Tottenhem»ni tark etmoqchi ekanligi haqida ma'lumotlar tarqaldi, ammo «Everton»ga o'tish amalga oshmadi. Hozirda hujumchiga «Trabzonspor» qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, «shporlar» Risharlison bilan shartnomani bekor qilishlari mumkin.
Risharlisonning «Tottenhem» bilan mehnat shartnomasi 2027 yilning iyunigacha amal qiladi.
