O‘yinchi «Shtuttgart»ning yarim himoyachisi Andres Chema «Brayton»ga o‘tishga yaqin. Nemis klub va «chayqalar» o‘rtasida og‘zaki kelishuvga erishilgan, deb xabar beradi Sky Sport.
21 yoshli ispaniyalik yarim himoyachi ingliz jamoasiga 23 million evro evaziga o‘tadi. Shuningdek, kelishuvda uning keyingi sotilishidan olinadigan yuqori foiz ko‘zda tutilgan.
Bugun muzokaralar sezilarli darajada rivojlandi va Madridning «Real» klubida tarbiyalangan futbolchi allaqachon tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun yo‘l oldi.
«Shtuttgart»da 41 ta o‘yinda 4 gol, 2 assist va 6 ogohlantirish bilan o‘ynadi.
