«Manchester Yunayted» matbuot xizmati sentyabr oyining eng yaxshi futbolchisini e'lon qildi. Bu unvonga yarim himoyachi Kobbi Maynu sazovor bo'ldi.
Hozirgi Angliya Premer-ligasida 21 yoshli yarim himoyachi beshta o'yinda qatnashdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining bozor qiymati 70 million evroga baholangan, uning amaldagi shartnomasi esa 2031 yilning iyunigacha davom etadi.
Angliya chempionatining beshta turidan so'ng «qizil iblislar» besh ball to'plab, turnir jadvalida 12-o'rinni egallamoqda. Maykl Karrik boshqaruvidagi jamoa keyingi Premer-liga o'yinini «Tottenxem»ga qarshi «Old Trafford» stadionida o'tkazadi.
