«Manchester Siti» Angliya Premyer Ligasi moliyaviy qoidalarini buzganligi uchun jiddiy jazoga duch kelishi mumkin. «Shahar» to‘plari professional futbolni to‘liq tark etishi xavfi bor. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs o‘zining YouTube kanalida ma’lum qildi.
«Klub uchun eng yomon senariy – bu futbolni to‘liq tark etish. Ammo bu faqat bir huquqiy imkoniyat. Ular qanday jazoga duch kelishini taxmin qilishga hozircha o‘rin yo‘q», - dedi insayder.
Eslatib o‘tamiz, komissiya «Manchester Siti» ning 115 punktning 114 tasini buzganligini tan oldi.
Hozirda «shahar» jamoasi APL jadvalida birinchi o‘rinda turibdi. Jamoaning keyingi o‘yini «Liverpul»ga qarshi safarda bo‘ladi.
