16 yoshli yarim himoyachi Deyvid Eze «Manchester Yunayted» safiga qo'shildi. Bu haqda mankunianlik top-klubning matbuot xizmati xabar berdi.
«Manchester Yunayted» Deyvid Ezeni, Angliya yoshlar terma jamoasi o'yinchisini, iliq kutib oldi, - deya ta'kidlangan «qizil iblislar» ijtimoiy tarmoqlarida.
Tomonlar o'rtasidagi hamkorlik tafsilotlari hozircha oshkor etilmagan.
Hozirgi kunda «Manchester Yunayted» 5 ochko to'plagan holda, turnir jadvalida 12-o'rinda bormoqda. «Qizil iblislar» keyingi uchrashuvda 10-oktabr kuni o'z maydonida Tottenhem bilan to'qnash keladi.
