«Manchester Siti» «Chelsi» bilan yarimhimoyachi Enzo Fernandesni o'tkazish bo'yicha kelishuvga erishdi. Shartnoma summasi 145 million evroni tashkil etadi, deb xabar bermoqda The Athletic jurnalisti Devid Ornshteyn.

Fernandes allaqachon tibbiy ko'rikdan o'tish uchun ruxsat oldi. O'tkazish summasi Britaniya futbolidagi amaldagi rekordga teng bo'lib, o‘tgan yozda «Liverpul» «Nyukasl»ga Aleksandr Isak uchun shuncha to'lagan edi.

Fernandes «Chelsi»ga 2023 yil yanvarida «Benfika»dan o'tgan. Yarimhimoyachining Londondagi klub bilan shartnomasi 2032 yilgacha mo'ljallangan. «Chelsi»da Fernandes 170 o'yin o'tkazib, 31 gol urdi va 30 golli uzatma berdi.

«Manchester Siti» tarkibida argentinalik Enzo Mareska bilan qayta birlashadi, u bilan «Chelsi»da 18 oy davomida ishlagan.