Pap Matar Sarr, huquqlari «Tottenhem»ga tegishli bo'lgan, Italiyada faoliyatini davom ettiradi. Senegal markaziy yarim himoyachisi «Yuventus»ga joriy mavsum oxirigacha ijaraga o'tdi. Bu haqda Turin jamoasining rasmiy saytida ma'lum qilindi.

«Yuventus» Sarrni ijaraga olish uchun €2 million to'laydi. Klublar o'rtasidagi kelishuvda o'yinchini sotib olish summasi €28 million deb belgilangan. Italiya jamoasi uchun yarim himoyachi 29-raqam ostida maydonga tushadi.

O'tgan mavsumda 23 yoshli yarim himoyachi barcha musobaqalarda 37 ta o'yinda qatnashdi. U 2 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma berdi.