«Nyukasl» tarkibi yangi futbolchi bilan to'ldirildi – u markaziy hujumchi Matiyas Fernandes-Pardo bo'lib, fransuzning «Lill» klubidan o'tdi. Tegishli ma'lumot «soroklar»ning rasmiy saytida e'lon qilindi.

Belgiya futbolchisi bilan mehnat shartnomasi muddatining aniq sanasi haqida «Nyukasl» matbuot xizmati ma'lumot bermadi, ammo shartnoma uzoq muddatli ekanligi aytildi. 21 yoshli futbolchi yangi jamoada 20-raqam ostida o'ynaydi.

Shu bilan birga, transfer summasi bonuslar bilan birga 65 million evro atrofida bo'lganligi haqida mish-mishlar tarqalgan.

Fernandes-Pardo o'tgan mavsumda «Lill» uchun barcha turnirlarda 41 o'yinda sakkiz gol urdi va yetti golli uzatma berdi.