«Manchester Siti» moliyaviy qoidalarni ko'p marta buzganligi uchun aybdor deb topilgach, Erling Haaland uchun transfer bozorida ov boshlanmoqda. «Shahar» jamoasi jiddiy jazolar bilan yuzlashishi mumkin. Agar ish APLdan chetlatilishgacha borsa, klub Haaland kabi yulduzlar uchun unchalik jozibador bo'lmaydi.
Football Insider xabariga ko'ra, ikki top-klub Haalandning atrofidagi odamlar bilan aloqaga chiqdi. Bu klublar «Real» va «Arsenal»dir. Hozircha norvegiyalik hujumchining 2027 yilda potentsial transferi bo'yicha dastlabki kontaktlar haqida gap ketmoqda.
Avvalroq, matbuot Erling Haalandni boshqa top-klublar – «Barselona» va «Bavariya» bilan ham bog'lagan edi. Ixtisoslashgan Transfermarkt portali 26 yoshli Haalandni 220 million evroga baholamoqda.
