«Liverpul» markaziy hujumchisi Aleksandr Isak Shvetsiya terma jamoasi yig‘inida jarohat oldi. Bu haqda ingliz top-klubi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Skandinaviya hujumchisi jarohati sababli tumanli Albionga qaytmoqda. U UEFA Millatlar Ligasining guruh bosqichida Shvetsiya terma jamoasining uchta kelgusi uchrashuvini o‘tkazib yuboradi. 

«Liverpul»da ta’kidlanishicha, Isakda kichik jarohat aniqlangan. Tez orada Aleksandrning holatini «qizil» klub shifokorlari baholaydilar.

27 yoshli shved hozirgi Angliya Premer-ligasida beshta uchrashuv o‘tkazdi. Isak to‘pni to‘rt marta raqib darvozasiga kiritdi.