Manchester Siti» qat'iy ravishda «Chelsi» dan yarim himoyachi Enzo Fernandesni transfer qilishni rejalashtirmoqda.

«Shahar» vakillari 25 yoshli argentinalik futbolchini transfer shartlari bo'yicha «ko'klar» bilan kelishishga muvaffaq bo'lishlariga ishonishmoqda, deb xabar beradi jurnalist Ben Jeykobs. Klub o'rtasida rasmiy muzokaralar allaqachon boshlandi.

Oldinroq, «Manchester Siti» va Enzo Fernandes o'rtasida kelishuv bo'lganligi haqida xabar berilgan edi. O'zaro kelishuvning taxminiy qiymati – 140 million evro.

Enzo Fernandes «Chelsi» safida 170 ta o'yin o'tkazib, 31 ta gol va 30 ta golli uzatma qayd etgan.