2020 yilning boshida UEFA «Manchester Siti»ni 2012 yildan 2016 yilgacha bo'lgan davrda homiylik shartnomalaridan tushgan daromadlarni oshirib ko'rsatgani uchun Chempionlar Ligasidan chiqarishga qaror qildi. Keyinchalik «shahar jamoasi» UEFAning qarorini Sport arbitraj sudi (CAS)da muvaffaqiyatli bekor qildi. La Liga rahbari Xavier Tebas bu masalani qayta ko'rib chiqishni talab qildi.
«Menimcha, Sport arbitraj sudining qarori qayta ko'rib chiqilishi kerak, chunki u UEFA tomonidan qo'yilgan jazoni bekor qildi. Bu qaror juda shubhali edi. Endi UEFA to'g'ri ekanligi isbotlandi», - deya Tebasni Goal portali iqtibos keltirmoqda.
Chempionlar Ligasi birinchi turida «Manchester Siti» safarda «Portu»ni 2:0 hisobida mag'lub etdi.
