«La Liga» prezidenti Xavyer Tebas «Manchester Siti» haqida fikr bildirdi. Klub ko'p sonli moliyaviy qoidabuzarliklarda ayblandi.
«Bu juda jiddiy. Jazolar qattiq bo'lishi kerak, nafaqat saboq sifatida, balki qoidalar haqiqatan ham buzilgani uchun. Biz futbolni barcha turnirlarda barqaror va adolatli qilishga intilamiz. Sodir bo'lgan voqea katta ahamiyatga ega va umid qilamizki, bu faqat Premier-liga uchun emas, balki butun Evropa uchun burilish nuqtasi bo'ladi. «Manchester Siti» ishining moliyaviy firibgarliklar kontekstida keng ko'lamli oqibatlari bor. Jazolar qattiq bo'lishi kerak», - deya Tebasni iqtibos keltiradi Goal portali.
«Manchester Siti» uchun jazolar hali belgilanmagan. Klub o'zini aybsiz deb hisoblaydi, shuning uchun qarorni bekor qilishni rejalashtirmoqda.
