«Manchester Siti» ko‘plab moliyaviy qoidabuzarliklarda ayblanib, aybdor deb topildi. Endi Premier-liganing ushbu yuqori darajadagi klubi jazoga duch kelishi mumkin, ammo uning qanday bo‘lishi hozircha noma'lum. Shu munosabat bilan, «shaharchilar» mustaqil komissiya qarorini bekor qilishni rejalashtirmoqda, ya'ni tergov hali ham davom etadi.

The Touchline'ning xabar berishicha, Premier-liga sobiq rahbarlaridan biri «Manchester Siti»ga qanday jazolar qo‘llanishi mumkinligini ochib berdi. Jamoani yuqori divizionda qoldirish, lekin har bir mavsum oldidan 20-25 ochko olib qo‘yish taklif etilmoqda, bu esa uchdan besh yilgacha davom etishi mumkin.

Bunday jazolar bilan «Manchester Siti»ning Chempionlar ligasiga chiqishi qiyinlashadi.