Braziliyalik qanot o'yinchisi «Chelsi» Estevao Villian katta ehtimol bilan klubda qoladi. Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, 19 yoshli o'yinchi ustidan ikki ispan gigantlari — madridning «Real» va «Barselona» diqqat bilan kuzatmoqda. Biroq «Chelsi» Estevaoda katta istiqbol ko'rmoqda va uni qo'yib yuborishni rejalashtirmayapti. Bundan tashqari, o'z navbatida futbolchi Londonda baxtli va ketish haqida o'ylamayapti.

Joriy mavsumda Estevao barcha musobaqalarda oltita o'yinda maydonga tushdi, ammo natijaviy harakatlar bilan ajralib turmadi.

Qanot o'yinchisinin «Chelsi» bilan shartnomasi 2033 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt ekspertlari braziliyalikni 80 million evroga baholamoqda.