«Bavariya» kuzatuv kengashining a'zosi Karl-Xaynts Rummenigge «Liverpul» yarimhimoyachisi Florian Virts atrofidagi vaziyatni sharhladi va nemis futbolchisining Myunxen klubiga o'tishi haqida savolga javob berdi.
- Virts «Liverpul»da qiyinchiliklarga duch kelayotganidan hayronmanmi? Ha. Bizda u «Liverpul»ni tanlaganiga ishonch bor edi, chunki Arne Slot unga «o'nlik» pozitsiyasini va'da qilgan. Bu uning qarorida muhim omil bo'ldi. Moliyaviy jihatdan katta farq bo'lmagan. U o'z tanlovini qildi va biz uni qabul qildik, - deydi Rummenigge AZga.
- U kelajakda «Bavariya»ga o'tishi mumkinmi? Bilmayman. Savol shundaki, Virts «Liverpul»da baxtlimi? Biz bir muddat uning otasi va onasi bilan aloqa o'rnatgan edik. Keyin ular boshqa yo'lni tanlashga qaror qilishdi, - qo'shimcha qildi Rummenigge.
Virts 2025 yil iyun oyida «Liverpul»ga «Bayer»dan o'tdi. Angliya klubi futbolchiga 100 million funt sterling to'lagan, yana 16 million funt bonus sifatida belgilangan.
