«Chelsi» «Komo»ning Robert Sanchesga bo'lgan taklifiga rozi bo'ldi. Italiyaning ushbu klubi 28 yoshli darvozabonni joriy mavsum oxirigacha ijaraga oladi, deb xabar beradi insayder Fabrizio Romano. Klublar o'rtasida shartnoma shartlari allaqachon kelishib olingan.

Yaqinda Londonning katta klubiga argentinalik Emiliano Martinez qo'shildi va Sanchesning asosiy tarkibdagi o'rnini egalladi. Ispan darvozabonining «Chelsi» bilan tuzilgan shartnomasi 2030 yilning o'rtalarigacha amal qiladi va uning transfer qiymati, Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, 22 million evroni tashkil etadi.

O'tgan mavsumda «Komo» Seriya Ada to'rtinchi o'rinni egalladi va birinchi marta Chempionlar ligasiga chiqdi.