Angliya Premier Ligasi (APL) matbuot xizmati rasmiy saytida «Manchester Siti»ning moliyaviy qoidalar buzilishi bilan bog'liq vaziyat haqida bayonot berdi.

«Mustaqil komissiya futbol klubi «Manchester Siti»ni o'n to'qqiz mavsum davomida Premier Liga moliyaviy qoidalarini jiddiy buzganligi va klubning liga tergoviga hamkorlik qilishdan bosh tortishi bilan bog'liq barcha ayblovlar bo'yicha aybdor deb topdi», - deyiladi xabarda.

Shuningdek, mustaqil komissiya 2009/10 mavsumidan 2017/18 mavsumigacha «shahar» jamoasi tijorat hamkorlari bilan «soxta» shartnomalar tuzganini, noto'g'ri hisobotlar taqdim etganini va auditorlar va futbol regulyatorlaridan moliyaviy holatini yashirganini, shuningdek, APL va Yevropa futbol assotsiatsiyalari uyushmasi (UEFA) xarajatlar cheklovlarini oshirib yuborganini aniqladi.

Xabarda shuningdek, klubga nisbatan jazo masalasi alohida qo'shimcha tinglovda ko'rib chiqilishi ta'kidlangan. «Manchester Siti» mustaqil komissiyaning xulosalariga 2 oktabrgacha shikoyat qilishi mumkin.