«Manchester Yunayted» «Manchester Siti»dan moliyaviy qoidalarni buzganligi sababli tovon talab qilish huquqini da’vo qilgan to‘rt klubdan biri bo‘ldi. Bu haqda Daily Mail jurnalisti Mayk Kigan Stick to United dasturida ma’lum qildi.
Insayderning so‘zlariga ko‘ra, «Siti»dan moliyaviy tovon talab qilayotgan boshqa klublar orasida «Arsenal», «Tottenhem» va «Liverpul» ham bor.
29 sentyabr kuni Angliya Premer Ligasi (APL) mustaqil komissiya «Siti»ni 2009/10 mavsumidan 2017/18 mavsumigacha moliyaviy qoidalarni buzgan deb topganini ma’lum qildi. «Manchester Siti» 2 oktabrgacha apellyatsiya berishi va qarorni bekor qilishni so‘rashi mumkin.
