Britaniya jurnalisti Pirs Morgan «Manchester Siti» ning Angliya Premer-ligasining moliyaviy qoidalarini buzganligi to‘g‘risidagi qarorini sharhladi.
«Bu rasmiy! Premer-liga «Manchester Siti» ni Britaniya futbolining eng katta firibgarlari deb tasdiqladi. Jazoni og‘ir bo‘lishi kerak», – deb yozdi Morgan ijtimoiy tarmoqda.
Jurnalist «shahar jamoasi»ni pastga tushirish, unvonlardan mahrum etish va APL ga qaytganidan keyin birinchi besh mavsumda 25 ochko olib qo‘yishni taklif qildi.
Morgan – Londondagi Arsenal jamoasining mashhur muxlisi.
29 sentyabr kuni mustaqil komissiya APL «Manchester Siti» ni moliyaviy qoidalarni buzganlikda barcha ayblovlar bo‘yicha aybdor deb topdi. Manchester klubi bu qarorni 2 oktyabrgacha shikoyat qilishi mumkin.
