«Lids» va «Reyndjers» egalaridan biri Jed York skandalga tushib qoldi. 46 yoshli erkak AQShda prostitutsiyaga qarshi o'tkazilgan operatsiya davomida qo'lga olindi, deb xabar bermoqda New York Post.
York internetda sevgi xizmatlari haqidagi e'lonni topdi. U soatiga 140 dollar evaziga jinsiy aloqa qilishga kelishib oldi. Biznesmen Ohaio shtatidagi East Palestine shahridagi treyler parkiga borib, prostitutka xizmatidan foydalanmoqchi bo'ldi. U yerda politsiya xodimlari tomonidan qo'lga olindi. York 5000 dollar garov evaziga ozod qilindi. Sud unga bir kunlik qamoq jazosi belgiladi, bu esa allaqachon o‘tilgan deb hisoblandi. Shuningdek, u 1200 dollar jarima to‘ladi.
