Londonning «Chelsi» jamoasi qishki transfer oynasida o'rtada maydonni kuchaytirishni rejalashtirmoqda. 

Jurnalist Ekrem Konur xabarlariga ko'ra, «siniylar» yozda amalga oshmagan transferdan so'ng «Monako» yarim himoyachisi Lamina Kamaraga qiziqishni davom ettirmoqda. Biroq, endi senegallik futbolchi poytaxt jamoasi uchun ustuvor emas, chunki monakolar uning narxini 70 million evrogacha oshirdilar.

Hozirda «Chelsi»ning ustuvor tanlovi «Alek Skoott» bo'lib, u «Bornmut» jamoasida o'ynaydi. Shuningdek, klub moliyaviy talablarini pasaytirsa, «Monako» yulduziga qaytish imkoniyati ham yo'q emas.

Hozirgi kunda «Chelsi» Premyer-ligada o'ninchi o'rinda turibdi. Jamoa hisobida Xabi Alonso boshchiligida atigi yetti ochko mavjud.