Dunyo futbolidagi eng qimmat hujumchi kimligi ma'lum bo'ldi. Bu Norvegiya terma jamoasi va «Manchester Siti» markaziy hujumchisi Erling Holanddir, deb xabar beradi The Touchline.
Skandinaviyalik bombardirning transfer qiymati 220 million evroni tashkil etadi. Ikkinchi o'rinda esa Fransiya terma jamoasi va Madridning «Real» klubi yulduzi Kilian Mbappe joylashgan. 27 yoshli futbolchining narxi – 200 million.
Top-3 ni Argentina hujumchisi «Atletiko» dan Xulian Alvarez yakunlaydi. Futbolchining bozor qiymati 110 million evro.
Top-10 ga shuningdek, quyidagi futbolchilar kiritilgan: Joao Pedro («Chelsi»), Usmon Dembele («PSJ»), Aleksandr Isak («Liverpul»), Lautaro Martines («Inter»), Ugo Ekitike («Liverpul»), Ben'yamin Sheshko («Manchester Yunayted») va Matheus Kunya («Manchester Yunayted»).
Holand APLni tark etishga tayyor va faqat ikkita klubga o'tishga rozi
