Yevropa klublari Florian Virtsning «Liverpul»dagi holati bilan qiziqmoqda. Jurnalist Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar berishicha, tez orada jamoa bosh murabbiyi Andoni Iraola nemis futbolchisi kelajagi bo'yicha qaror qabul qilishi kerak.
Virts o‘tgan yozda «Bayer»dan Liverpulga o‘tgan. U uchun 100 million yevrodan ortiq mablag‘ to‘langan. 23 yoshli nemis futbolchisi bilan «qizillar» o‘rtasidagi shartnoma 2030 yilning iyun oyigacha amal qiladi.
Hujumchi o‘ziga qo‘yilgan umidlarni oqlay olmayapti. U joriy mavsumda APLda o‘tkazilgan beshta o‘yinda faqat bitta golli pas berish bilan cheklangan.
