Londonning Arsenal jamoasi himoyachisi Maylz Lyuis-Skelli joriy tarkibdagi eng past baholangan futbolchini tanladi.
«Eng past baholangan o'yinchi – bu Mikel Merino. 100%. U o'ziga loyiq tan olinmayapti. Ushbu futbolchining o'yin tushunchasi juda ajoyib. Hamkasblari undan ko'p narsani o'rganishlari mumkin. Uni ko'proq qadrlashlari kerak», - deydi futbolchi Arsenal News Channel ijtimoiy tarmoqlarida.
Joriy Angliya Premer-ligasi mavsumida Merino beshta uchrashuvda ishtirok etdi, ammo gol urish yoki assist berish bilan ajralib turmadi. 30 yoshli ispanning shartnomasi 2028 yilning iyunigacha davom etadi va uning narxi 25 million evro.
