Hujumchi yarim himoyachi Koul Palmer «Chelsi» bilan shartnomani uzaytirdi. Londondagi klubning rasmiy saytida 24 yoshli Palmerning 2034 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan sakkiz yillik mehnat shartnomasini imzolagani haqida ma'lumot berilgan.
Koul Palmer 2023 yil yozgi transfer oynasi yopilishidan oldin «Manchester Siti»dan «Chelsi»ga o'tdi. O'shandan beri yarim himoyachi Londondagi jamoa safida 138 ta o'yin o'tkazib, 58 ta gol urdi va 34 ta golli pas berdi.
Hozirda «Chelsi» Angliya Premer-ligasida 10-o'rinda turibdi. Shanba kuni jamoa «Bormut»ga qarshi uy o'yinini o'tkazadi.
