Markaziy himoyachi «Nottingem Forest» Murrillo «Manchester Yunayted» ro'yxatida.

TEAMtalk ma'lumotlariga ko'ra, 24 yoshli futbolchining xizmatlariga eng qiziqqan klub hozirda «Manchester Yunayted» bo'lib, «qizil jodugarlar» uni bir necha transfer oynasidan beri kuzatib kelmoqda.

Ammo «Nottingem Forest» Murrilloni yaqin kelajakda, ya'ni qishki transfer davrida sotmoqchi emas va faqat 82-95 million evro atrofidagi juda katta taklif bo'lsa, bu variantni ko'rib chiqishga rozi bo'ladi. Shuningdek, himoyachiga «Liverpul» va «Chelsi» ham qiziqish bildirmoqda.

Hozirgi mavsumda Murrillo barcha musobaqalarda oltita o'yinda maydonga tushdi va bir assist bilan o'z hisobiga yozdirgan.