Londondagi Arsenal jamoasining bosh murabbiyi Mikel Arteta «Manchester Siti» bilan bog‘liq mojarolar Angliya Premer-ligasining obro‘siga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkinmi, degan savolga javob berdi.
«Men bu vaziyat Premer-liganing obro‘siga ta'sir qilmaydi, deb umid qilaman, lekin, bilasizmi, bunga ishonchim komil emas. Ammo bu bizning masalamiz emas. Bizning vazifamiz — o‘z darajamizda harakat qilib, ligani dunyodagi eng yaxshi sifatida saqlashdir», — dedi Arteta matbuot anjumanida.
Angliya chempionatining oltinchi turidan oldin Arsenal jamoasi turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda, 12 ochko to‘plagan. «Kanonir»lardan oldinda faqat Manchester Siti turibdi, ularning hisobida 15 ochko bor.
