«Yuventus» va «Aston Villa» o'rtasida golkipper Emiliano Martinesning transferi bo'yicha yangi tafsilotlar paydo bo'ldi. Oldinroq Turin klubining taklifi rad etilgan edi.

The Athletic ma'lumotlariga ko'ra, «Yuventus» 33 yoshli argentinalik uchun 10 million evro to'lashga tayyor edi - shundan 7 millioni kafolatlangan summa va 3 millioni bonus sifatida. «Aston Villa» esa 10 millionni darhol olishni xohlaydi. Tomonlar muzokaralarni davom ettirmoqda. Shuningdek, Martinesning shaxsiy shartlari o'tish uchun to'siq bo'lmaydi, deb ta'kidlanmoqda.

Shu bilan birga, «Yuventus» boshqa darvozabonlar nomzodlarini ham ko'rib chiqmoqda.

O'tgan mavsumda Martines barcha musobaqalarda 44 ta o'yin o'tkazdi, 49 ta gol o'tkazib yubordi va 14 marta darvozasi daxlsiz qoldi.