«Aston Villa» «Parma» bilan Yaponiyaning Dziyon Suzuki darvozaboni transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi.
The Athletic jurnalisti Devid Ornshteynning xabar berishicha, ingliz klubi darvozabon uchun 30 million evro to‘laydi, bonuslar hisobga olinganda esa, kelishuvning umumiy summasi 35 million evrogacha oshishi mumkin. Suzuki bilan besh yillik shartnoma tuzilgan bo‘lib, u 2031 yil yozigacha amal qiladi.
Yapon futbolchisi «Parma» rahbariyatiga aynan «Aston Villa»da o‘z karerasini davom ettirishni xohlashini ma’lum qilgan. Birminham klubi ikki yil davomida darvozabonga nazar solgan va argentinalik Emiliano Martinesning ketishi holatida uni asosiy o‘rinbosar sifatida ko‘rgan.
Avvalroq Suzuki «PSJ»ga o‘tish jarayoni yakuniy bosqichda edi, ammo bitim oxirgi daqiqada amalga oshmadi.
