Markaziy yarim himoyachi «Brayton» Yasin Ayari Londondagi «Chelsi» tomonidan kuzatilmoqda. Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.
Agar manbaga ishonilsa, Ayari va «Brayton» o'rtasidagi yangi shartnoma bo'yicha muzokaralar to'xtab qoldi. Bu vaziyatdan «Chelsi» foydalanishi mumkin. Biroq, shved futbolchisi uchun «Galatasaray», «Fenerbahce», «Milan» va bir nechta APL klublari ham qiziqish bildirmoqda.
Ma'lum qilinishicha, «Brayton» 23 yoshli Ayariyni saqlab qolishni xohlaydi. Shu bilan birga, klub futbolchini taxminan 50 million evro deb baholamoqda.
Hozirgi mavsumda Ayari barcha musobaqalarda 12 marta maydonga tushib, 2 ta gol urdi.
