«Bornmut» hujumchisi Eli Junior Kruppi, yanada obro'li klubga o'tishni xohlayotganini tan oldi.

«Men dunyodagi eng katta klublardan biriga o'tish uchun barcha kuchimni sarflayman. Ammo hozirda men «Bornmut»da bo'lganimda, muxlislarim uchun va jamoaga yaxshi natijalarga erishishga yordam berish uchun harakat qilaman», — dedi hujumchi DAZN Fransiyaga bergan intervyusida.

Kruppi, agar o'tgan yozda jarohat olmaganida, «Bornmut»da qolish-qolmasligini bilmasligini qo'shimcha qildi. O'sha paytda uni ko'plab Yevropa klublari sotib olishni xohlagan.

20 yoshli fransuz jarohati sababli mavsumning boshini o'tkazib yubordi. U faqat bir necha kun oldin «Manchester Yunayted»ga qarshi (3:0) o'yinda qaytdi.

«Barselona» ingliz klubining yulduziga bo'lgan qiziqishini davom ettirmoqda