Xorvat himoyachisi «Brayton» Luka Vushkovich boshqa Angliya Premer-ligasi klubida faoliyatini davom ettirishi mumkin, bu haqda ijtimoiy tarmoqlar orqali insayder Ekrem Konur xabar bermoqda.

«Liverpul» futbolchining o'yinlarini diqqat bilan kuzatmoqda. Merseysaidliklar Vushkovichni Niderlandiyalik Virgil van Deyk uchun merosxo'r sifatida ko'rishmoqda.

«Chayka» esa, agar futbolchi uchun taxminan 120 million evro taklif qilinsa, o'yinchidan voz kechishga tayyor.

Hozirgi mavsumda Angliya chempionatida 19 yoshli xorvat sakkiz o'yin o'tkazdi va bitta gol urdi. Uning shartnomasi 2031 yil 30 iyungacha davom etadi.