Madriddagi «Real» «Arsenal»ning qanot o'yinchisi Bukayo Saka va «Manchester Siti»ning yarimhimoyachisi Rayan Sherkiga qiziqish bildirmoqda. Ushbu ma'lumotni Fussball news tarqatmoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, «Real» o'yinchilarni o'zining qisqa ro'yxatiga kiritgan, chunki hujum chizig'ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Shuni ta'kidlab o'tish joizki, Ispaniya klubi hozircha jamoalar bilan muzokaralar o'tkazmagan, ammo tez orada futbolchilarning vakillari bilan aloqaga chiqishi mumkin.

Shuningdek, «Manchester Siti» Sherkini 100 million evrodan yuqori baholamoqda, «Arsenal» esa Saka uchun kamida 150-160 million evro talab qiladi.

«Real» o'n turdan so'ng Ispaniya chempionatining turnir jadvalida uchinchi o'rinda, 24 ochko to'plagan.