Londonning «Tottenhem» klubi «Vilyarreal»dan Alex Freemanni xarid qilishni ko'rib chiqmoqda. Bu haqda TEAMtalk jurnalisti Graham Bayli xabar berdi.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, «shporlar» 22 yoshli futbolchini Pedro Porro jamoani tark etsa, almashtirish uchun xarid qilishi mumkin. Ispan futbolchisi uchun «Real», «Barselona», «Manchester Yunayted», «Chelsi» va «Manchester Siti» qiziqish bildirmoqda.

Hozirgi mavsumda Freeman barcha musobaqalarda 13 uchrashuvda ishtirok etib, bitta gol urdi. Uning «Vilyarreal» bilan shartnomasi 2032 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt baholariga ko'ra, amerikalik himoyachining narxi 15 million evrodir.