Fransiya terma jamoasi va «Manchester Siti» yarimhimoyachisi Rayan Sherki ikki yevropalik top-klubning e'tiborida. Bu haqda insayder Ekrem Konur xabar bermoqda.

Fransuz o‘yinchisini madridning «Real» va «PSJ» jamoalari sotib olishni rejalashtirmoqda. Biroq «Manchester Siti» Sherkini qo‘yib yuborishni rejalashtirmayapti. «Shahar» jamoasi Rayanni o‘z sport loyihasining muhim qismi sifatida ko‘rmoqda.

23 yoshli yarimhimoyachi ingliz klubida 2025-yil yozidan beri o‘ynaydi. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi 2030-yil iyun oyining oxirida tugaydi. Transfermarkt  portalining mutaxassislari Sherkining bozor qiymatini 110 million evro deb baholamoqda.